«kuchli ta’sir qiluvchi dorilar» tegli maqolalar


“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi
21 avgust 2023, 20:59

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi
4 avgust 2023, 18:25

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi

DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi
28 aprel 2023, 14:58

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi

O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish va ularni mamlakat bo‘ylab tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli 75 275 dona dorilar olib qo‘yildi.

Narkodillerlar Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi
26 noyabr 2022, 13:09

Narkodillerlar Qizilqum cho‘liga ko‘mib ketgan katta miqdordagi «Tramadol» aniqlandi

Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi
2 iyun 2022, 11:58

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Gumondorlar yonidan, ularga tegishli mashina va xonadonlardan jami 5,5 mingga yaqin «Tropikamid», «Zardeks», «Lirika», «Regapen» va «Siklodol» topildi. Qolaversa, garov sifatida qoldirilgan haydovchilik va nikoh guvohnomalari, diplom, pasportlar borligi aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda qariyb 5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
26 aprel 2022, 11:42

Samarqandda qariyb 5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Samarqanddagi mehmonxonada 4892 dona «Repagen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini $7500 va 4,5 mln so‘mga sotishda gumon qilingan shaxslar ushlandi.

1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi
13 aprel 2022, 11:03

1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda samarqandlik ikki fuqaro yonida 1 kgdan ortiq gashish moddasi bilan ushlandi. Ularga narkokurerlik uchun 1 mln so‘mdan berilishi aytilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahri, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham giyohvand moddalar savdosi bilan aloqador bir nechta gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi
17 fevral 2022, 11:06

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi

Toshkentning Yashnobod va Shayhontohur tumanlarida «Zardeks» «Regapen» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotib kelgan dorixonalar faoliyati fosh etildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonachilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 dekabr 2021, 20:50

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonachilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda katta miqdordagi «Tropikamid», «Zardeks» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
23 noyabr 2021, 11:00

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
22 sentabr 2021, 12:29

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi
10 avgust 2021, 17:13

Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

SSV dorixonalarni noqonuniy narkopreparatlar savdosi uchun qat’iy choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi
22 iyun 2021, 21:37

SSV dorixonalarni noqonuniy narkopreparatlar savdosi uchun qat’iy choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan dorixonalar litsenziyasi bekor qilinadi, deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bayonot poytaxtda shu kabi dori vositalarini sotish bo‘yicha qariyb 40 ta holat aniqlanganidan keyin e’lon qilindi.

Toshkentdagi dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan 63 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi
21 iyun 2021, 10:44

Toshkentdagi dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan 63 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi dorixonalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog‘liq 37 ta holat aniqlandi. Shulardan jami 62 337 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting